Ishni o‘zgartirish

Assalomu alaykum! Xo‘jaynim andijon shaxar viloyat xokimiyatida investittsiya bo‘limida ishlaydi. Prokuraturaga xuddi shu bo‘limga ishga taklif qilishyapti. Prokuraturada ishlash xarom ish emasmi? Men yo‘q u er yaxshi joy emas deb aytsam xalol ishlash kerak odam men xalol ishlayman deb javob berdi. O‘zi namoz o‘qiydi. Xokimiyatda 3.100.000 oylik oladi yangi taklif qilinayotgan ish joyida oylik maosh balandroq ekan. Asosiysi pulda baraka bo‘lsa bo‘ldi desam inson xarakat qilish kerak o‘sish kerak deyapti. Xokimiyatda xam qing‘ir pul topish yo‘llaridan foydalanmaydi, Allohga shukur. Sizlar bergan javobga qarab ish joyini o‘zgartiramiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar sohani yaxshi bilsa va halol ishlasa, o‘tish yoki o‘tmaslik o‘zining ixtiyori. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 06:57 | Savol-javoblar | 141 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar