Gunohga sherik bo‘lish

Assalomu alaykum! Qachondan beri ko‘nglimni bir gumon qiynab keladi. Qaynanam farzandlari yoshligida ajrashgan shundan keyin turmushga chiqmagan. Bu uyga yaqinda kelin bo‘lib tushdim qaynanam bilan oramiz judayam yaxshi. Ko‘pincha sirlarini aytadi yaqinda bildim bir odam bilan gaplashar ekanlar va yaqinlik ham qilib turar ekanlar. U odamni oilasi bolalari bor. Yaqinda dam olishga borib kelishdi ikkalalari. Ularni yo‘qligini bildirmaslik uchun bizni uyimizga ketgan deb aytdim hammaga. Ularga yordam berdim. Xo‘jayinimga yolg‘on gapirdim. Shunda ularni gunohlariga men ham sherik bo‘lib qoldimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar oralarida nikohi bo‘lsa gunohkor bo‘lmaysiz. Mabodo nikohlari bo‘lmasa zinoga yordam bergan bo‘lib qolasiz, shuning uchun ikki erkak guvoh oldida iyjob va qabul qilib nikohlanib olishlarini ayting, kabira harom ish qilib yurmasinlar. Vallohu a’lam!

11 May 2022, 03:54 | Savol-javoblar | 162 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar