Xizmat xaki

Assalomu alaykum Shayx Xazratlari. Savolim kuyidagicha. Ikkita shifokor bor. Birinchi shifokorni oldiga bemor kelsa, shifokor uni shikoyatini eshitib, tekshirib, kasalligini aniklab bemorni tuzalishiga sabab buluvchi dorilarni yozib beradi. Bemor esa buning uchun unga rozi bulib pul tashlab ketadi. Ikkinchi shifokor xam xuddi shunday ish tutadi lekin oxirida bemordan xizmat puli falon sum buladi deb surab oladi. Xazrat bu ikki shifokorni shariatdagi xukmi kanday buladi. Allox oxirimizni xayrli kilsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ikkinchisi pulni oldin aytish kerak. kim bilib turib davolatsa, kelishilgan pulni beradi. Oldin muomalani qilib keyin pul so‘rash mumkin emas.

7 May 2022, 05:32 | Savol-javoblar | 155 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar