Qarzni kechgandan keyin olish

Assalomu alaykum! Bir yaqin insonimga qarz beruvdim, u qarzning yarmini qaytardi va men qarzning qolgan qismidan kechdim, qaytarishing shart emas, deb aytdim. Shunga qaramay u ancha vaqtdan keyin qo‘ng‘iroq qilib pulning qolgan miqdorini qaytarib bermoqchi ekanligini aytdi. Kechdim deb aytganimdan keyin men u pulni olishim joizmi yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aslida olishga haqqingiz yo‘q. U beraman deb turib olsa hadya bo‘ladi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 05:32 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar