Tarjimangizni qo‘shsak bo‘ladimi?

Hazrat, bu xatni bir iltimos bilan yozyapman, https://www.searchtruth.’om saytida "Quran Auto re’iter " deb nomlangan programma bor ekan. unda Qur‘onning arabcha yozuvlari bilan bir qatorda, turli tillardagi ma‘nolar tarjimasi ham mavjud ekan. shu programmaga hudo hohlasa, mualliflarining ruxsati bilan, o‘zbek tilidagi ma‘nolar tarjimasini ham qo‘shishni niyat qilgandik. Bu xatni shu programmaga o‘zbek tilidagi ma‘nolar tarjimasini qo‘shishda sizning ma‘nolar tarjimangizdan foydalanishga ruxsat so‘rash maqsadida yozyapmiz, Iltimis, Hazrat, shu savobli ishimizga ruxsat bering. Olloh ilmingizni bundanda ziyoda qilsin va sizdan rozi bo‘lsin.Hurmat bilan, Ollohning bir quli.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Biz siz aytgan narsani yangi tahririni oxirlatib qoldik. Shuning uchun ruxsat bera olmasligimizni qabul qilasizlar, degan umiddamiz. Kerak bo‘lsa o‘zimiz chiqaramiz.

7 May 2022, 05:32 | Savol-javoblar | 124 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar