Do‘stimning otasi

Assalomu alaykum! Yaqin do‘stimni otasi oilasini tashlab 20 yil oldin boshqa viloyatga ketib qolgan. 1 yilda 3-4 martta 3-4 kunga uyiga kelib turadi. Aytishicha 4 ta non xam olib kelmas ekan, kelsaxam ichib olib janjal qilib uy meniki deb ko‘chaga xaydab yuborar ekan. Boshqa uy olishdi, akasini xam o‘zini xam onasi va tog‘alari katta qilgan, uylantirgan. Otasi moddiy tarafdan yordam bermagan, aksincha ulardan doim pul talab qilgan. Topib berolmasa onasini qimmat baxo buyumlarini berkitib olib ketib qolar ekan. Bazida ichib olib farzadlariga tel qilib pul jo‘nat bo‘lmasa rozi emasman uyingga borib maxxallangda sharmanda qilaman der ekan. Bu xolatda do‘stim pul jo‘natishga majburmi, otasini roziligini olishi kerakmi? 20yil davomida umuman moddiy va manavi yordam bermagan bo‘lsa xam otasini xaqlarini xali xanuz ado etishi kerakmi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota qilganiga o‘zi javob beradi. Farzand o‘z farzandligini ado qilishi kerak. Bu ham bir musibatdek gap, sabr qilish kerak. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 06:37 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar