Vaqtinchalik nikoh
Assalomu alaykum! Hurmatli muhtaram ustozlar, vaqtinchalik nikoh haqida maslahat bersalaringizlar. Agar ikki tomon ham oldindan bilib nikohni vaqtincha ekanligini va rozi bo‘lgan holatdachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bunday nikoh harom. "Kifoya" kitobida quyidagicha keladi:
Mut’a.
«Mut’a» so‘zi lug‘atda «huzurlanish» ma’nosini bildiradi. Shariatda esa faqat jinsiy huzurlanish maqsadida vaqtinchalik uylanishga aytiladi. Mut’a nikohida bir hafta, bir oy, bir yil kabi ma’lum muddatga kelishib uylaniladi. Bu nikoh ham Islom ta’limotlariga zid bo‘lgani uchun harom qilingan. Lekin bu masala bir oz sharhga muhtojdir. عَنْ عَلِيٍّ رَضِي اللهُ عَنْهُ أنَّ النَّبِيَّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نَهَى عَنِ الْمُتْعَةِ، وَعَنْ لُحُومِ الْحُمُرِ الْأَهْلِيَّةِ يَوْمَ خَيْبَرَ رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam Xaybar kuni mut’adan va xonaki eshaklarning go‘shtidan qaytardilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan. وَقَالَ سَلَمَةُ رَضِي اللهُ عَنْهُ رَخَّصَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَامَ أَوْطَاسٍ فِي الْمُتْعَةِ ثَلاثًا، ثُمَّ نَهَى عَنْهَا رَوَاهُ مُسْلِمٌ Salama roziyallohu anhu aytadilar:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Avtos yili uch kunga mut’aga ruxsat berdilar, so‘ngra bundan qaytardilar».
Muslim rivoyat qilgan.
Makka fathidan keyin boshlangan Hunayn g‘azoti Avtos degan joyda tamom bo‘lgan. Musulmonlar urushdan qochgan havazonlik mushriklarni Avtosda tor-mor qilganlar. Bu hodisa hijriy sakkizinchi yilda bo‘lib o‘tgan. O‘sha paytda zarurat yuzasidan Nabiy sollallohu alayhi vasallam ma’lum muddatga mut’a nikohiga ruxsat berib turib, yana man qilganlar. Demak, bu ish vaziyatga qarab, faqat zarurat yuzasidan qilingan. عَنْ سَبْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ رَأيْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَائِمًا بَيْنَ الرُّكْنِ وَالْبَابِ، وَهُوَ يَقُولُ أَيُّهَا النَّاسُ، إِنِّي قَدْ كُنْتُ أَذِنْتُ لَكُمْ فِي الاِسْتِمْتَاعِ مِنَ النِّسَاءِ، وَإِنَّ اللهَ قَدْ حَرَّمَ ذَلِكَ إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ، فَمَنْ كَانَ عِنْدَهُ مِنْهُنَّ شَيْءٌ، فَلْيُخْلِ سَبِيلَهُ، وَلا تَأْخُذُوا مِمَّا آتَيْتُمُوهُنَّ شَيْئًا رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ Sabra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning rukn bilan eshik orasida tik turib: «Ey odamlar! Men sizlarga ayollarning mut’asiga izn bergan edim. Endi albatta, Alloh u narsani qiyomat kunigacha harom qildi. Kimning huzurida o‘shanday(ayol)lardan bo‘lsa, yo‘lini ochib qo‘ysin. Ularga bergan narsalaringizdan biror narsa olmanglar», deyayotganlarini ko‘rdim».
Muslim, Abu Dovud va Nasoiy rivoyat qilishgan.
Ushbu rivoyatda zikr qilinayotgan hodisa Vidolashuv hajida sodir bo‘lgan. Nabiyimiz sollallohu alayhi vasallam Ka’bai Muazzamaning eshigi bilan Hajarul-Asvad burchagi orasida turib olib, kishilarga mut’a nikohi abadiylikka, qiyomat kunigacha harom qilinganini e’lon qilganlar.
Shu kundan boshlab mut’a nikohi to‘la va qat’iy ravishda harom bo‘lgan. O‘sha kunda kimning huzurida mut’a nikohi ila kelgan xotin bo‘lsa, bergan mahrdan hech narsani qaytarib olmay, unga javob berib yuborish lozim bo‘lgan.
Ushbu masalada kelgan rivoyatlarni jamlab o‘rganadigan bo‘lsak, asta-sekin, darajama-daraja ish tutilib, kishilarni jinsiy tuturiqsiz hayotdan halol-pok, nikohli hayotga olib chiqilganini ko‘ramiz.
Birinchi bosqichda mut’a nikohi joriy qilinib, ish bir oz tartibga solingan.
Ikkinchi bosqichda faqat zarur, noiloj paytlardagina ruxsat berilib, bu doira ham toraytirilgan.
Uchinchi bosqichda esa sharoitlar yaxshilanib, hamma narsa joyiga tushib, tushuntirish ishlari ham oxiriga etganidan keyin, mut’a nikohi ham harom qilingan. Chunki bunday nikoh faqat shahvatni qondirishni ko‘zlagan, vaqtinchalik aloqadir. Bu ish nikohdan ko‘zlangan asosiy oliy insoniy g‘oyalarga to‘g‘ri kelmaydi.
Jumhur musulmonlar ushbu hukmni mahkam tutganlar. Faqat shiy’a mazhabiga mansub kishilargina mut’a nikohni joiz, deydilar. Ularning bu gaplari botil ekanligini ulamolarimiz kuchli hujjat-dalillar bilan isbotlaganlar.
Muvaqqat nikoh.
Muayyan muddatga nikohlanishni «muvaqqat nikoh» deyiladi. Muvaqqat nikoh ham mut’a nikohiga o‘xshash bo‘lgani sababli durust bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 19:27 | Savol-javoblar | 295 | Oila va turmush