Qur’on kitobini o‘pish
Assalomu alaykum! Qur’on kitobini o‘pish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Umar roziyallohu anhu har kuni ertaman Qur’onni qo‘llariga olib, o‘pib, “Bu Robbimning bizga ahdi va bizga bergan manshur(ahkomlarining bayoni)idir” der edilar. Musnadi Dorimiyda Abu Mulaykadan sahih sanad bilan: “Ikrima ibn Abu Jahl roziyallohu anhu mushafni yuziga qo‘yib “Robbimning kitobi” der edilar” deyilgan. Barcha mazhab ulamolari mushafni ulug‘lash, ehtiromi va unga bo‘lgan muhabbatning e’tiboridan uni o‘pishni joiz deganlar. Bu ish Qur’onni balandga qo‘yish va xushbo‘ylash turiga kiradi. Albatta uni xushu-xuzu’ va tadabbur bilan o‘qish birinchi o‘rinda turadi. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 03:18 | Savol-javoblar | 160 | Qur’oni karim