Do‘st bo‘lsa bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Men do‘stimga bir hadisni o‘qib bergandim. Kishi do‘stining dinidadir. Kim bilan do‘stlashayotganiga qarasin! Shunda u nima boshqa din vakillari bilan do‘st bo‘lib bo‘lmaydimi deb savol berdi. Nima deb javob berishni bilmayapman. Menga yordam bersangiz. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha do‘stlardan ta’sirlanishga qaraladi. Agar ularga siz ta’sir qilib, Islomni go‘zal ko‘rsata olsangiz va ularni hidoyatiga sabab bo‘lolsangiz do‘stlashish mumkin. Ammo o‘zingiz ulardan ta’sirlanish xavfi bo‘lsa uzoqroq yurish kerak. Alloh taolo "Shams" surasida marhamat qiladi:  فَأَلْهَمَهَا فُجُورَهَا وَتَقْوَاهَا۝ 8. Unga fujurini va taqvosini ilhom qildi.
Ya’ni Alloh taolo inson nafsini bekamu ko‘st qilib yaratgan bo‘lishiga qaramay, unga, uning nafsiga fujur yo‘li nima-yu, taqvo yo‘li nima ekanini bayon qilib ham berdi: yaxshi nima, yomon nima; iymon nima, kufr nima; savob nima, gunoh nima; hidoyat nima, zalolat nima – hamma-hammasini tushuntirib berdi.
Ana shundan keyin, endi قَدْ أَفْلَحَ مَن زَكَّاهَا۝ 9. Batahqiq, kim u(nafs)ni poklasa, zafar topdi.
Ya’ni kim o‘z nafsini kufrdan, shirkdan, nifoqdan, turli yomonlik va gunohlardan poklasa, ikki dunyoda yutuqqa erishadi. وَقَدْ خَابَ مَن دَسَّاهَا۝ 10. Va batahqiq, kim uni bulg‘asa, noumid bo‘ldi.
Ya’ni kim o‘z nafsini kufr, shirk, nifoq, turli yomonlik va gunohlar ila iflos qilsa, ikki dunyoda noumid bo‘ladi. Hasratga uchraydi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!

7 May 2022, 07:21 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar