Ona xakki

Assalomu alaykum! Uylanganimga 9 yil bo‘ldi. 2 ta farzandim bor. Ayolim solixa, mumina, ibodatda, o‘ranib yuradi lekin onam ayolimni yomon ko‘radilar. (millati o‘zbek bo‘lmagani uchun) 2-farzandim tug‘ilganidan so‘ng, onam ayolim bilan suxbatlashmay qo‘ydilar, uylariga kirgizmadilar, farzandimni tan olmadilar. Ko‘rmadilar, qaramadilar. Onam islomiy ayol, ibodatdalar lekin 2-xotin olmasang “man sandan rozi bo‘lmayman” deb aytayaptilar. Meni esa 2-xotin olishga umuman sharoitim yo‘q. O‘zimda xoxish xam yo‘q. 2 ta xotinga adolatda bo‘laman deb o‘ylamayman. Bu xolatda shariatimiz nima deydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu borada ularga itoat qilishingiz shart emas. Yaxshi muomalada bo‘lavering. Vallohu a’lam!

27 Avgust 2022, 12:36 | Savol-javoblar | 207 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar