Yaxshiliklar sababchisi

Assalomu alaykum! Boshimizga kelayotgan musibatlarga faqatgina o‘zimiz sababchiligimizni o‘qib, o‘rgandik va bunga shubham yo‘q. Bizga kelayotgan yaxshiliklar barchasi Allohdan. Bunga ham shubham yo‘q. Mana shu Alloh taolo tomonidan bizga kelayotgan yaxshiliklarni sababchisi o‘zimiz deyish musulmonchilikka to‘g‘ri keladimi? Ya’ni duo qilib so‘radim, xohladim, yaxshilikdan umid qildim va shu sabab Alloh etkazdi desa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Yo‘q, Allohning fazlidan boshqa narsa emas. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 07:43 | Savol-javoblar | 144 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar