taariqat haqida

Assalomu alaykum xazrat,bizdagi ba‘zi bir o‘zini ahli tariqat deb hisoblaydiganlar turli xil mas‘alalar bilan insonlarni boshini qotirmoqda.Shu mas‘alalardan biri,ularning shayxi boshqa shaxardagi bir muridining og‘zidan gapirayotgan emish.Boshqa muridlar o‘sha muridning atrofiga yig‘ilib olishgan. Shayx o‘z muridini og‘zidan gapirishi mumkinmi? Yana u muridlar bu holatni ko‘rib jazba holatiga tushishibdi. Birdaniga barcha murid jazba holatiga tushishi mumkinmi? Shu kabi holatlar haqida batafsil ma‘lumot bersangiz. Agar savolimizga kamchilik bo‘lsa oldindan uzr so‘raymiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu kabi gaplar johillikdan boshqa narsa emas. Bu toifaning ilmsizlari turli gaplarni avvaldan gapirishib keladi. Ammo bu kabisini eshitmagan edik. Qanday qilib, shayx muridning og‘zidan gapirishi mumkin? Bu kabi gaplarni faqat aqlini ishlatmagan odamlargina gapirishi mumkin. Jazba masalasi ham shu kabi. Bu narsalarni odamlarga tushuntirish, tasavvufga dog‘ tushirayotgan murid va ashyxlarni sharmanda qilish kerak.

7 May 2022, 07:54 | Savol-javoblar | 150 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar