Mahr haqidagi hadis

Assalomu alaykum! "Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vassallam o‘z hadislaridan birida mahr haqida shunday deganlar: “Kimki bir xotinni nikohiga olib turib, tayinli bir mahrni va’da etsa-yu, uni amalga oshirmasa, ya’ni mahrni bermasa, u zinokordir, zinokordir, zinokordir” __(Abu Dovud rivoyati).__ Bunday kimsaning nikohi haqiqiy hisoblanmaydi, xotin unga taloq, farzandlari harom, o‘zi zinokordir. Xotin bu erning uyidan xohlagan paytda chiqib ketishga haqli. Mahr kelishilib, naqd berilgach, o‘qilgan nikoh haqiqiy xisoblanadi." Oldin bunday xadisni eshitmagan va o‘qimagan edim. Bu hadis saxixmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Avvali sahih, lekin “bunday kimsaning” degan joyidan boshlab qolgani noto‘g‘ri. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 21:51 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar