Betob vaqtda g‘usul qoidasi

Assalomu alaykum! Meni o‘ng oyog‘im biroz kuygan. Vrach suv tekkizmaslik kerak dedi. Shunday holda qanday g‘usl qilish joiz? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Oyog‘ingizni ko‘tarib ustingizdan suv quyasiz. Oyoqqa suv tegmaslik uchun ustiga salafan tashlab olsangiz bo‘ldi. Agar kuygan joyning o‘ziga mash tortish zarar qilmasa mash tortasiz, agar zarar qilsa salafanni ustidan mash tortib qo‘yaverasiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:20 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar