Alloh uchun gunohni tark qilish

Assalomu alaykum! Men 15yil sigaret chekib yurdim shunchalik ko‘p chekkanimdan jonimga xam tekkandi lekin sigaretni tasholmasdim irodam kuchlimasidi lekin rozada Alloh sen uchun shu sigaretni tasheman dep soz berdim. Mana 1yarim yil bo‘ldiki sigaretni chekish tugul xumori tutmayapti. buning uchun Allohga shukur diman. Men sigaretni tashadim shu narsadan vos kechganim uchun menga savoblar bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Kim qanchalik gunohni tark qilsa albatta Alloh uni qadrlaydi. Ko‘rmaysizmi kofir odam tavba qilib iymon keltirsa bandadagi oldi-berdidan tashqari butun gunohlaridan pok qilib qo‘yadi. Mukofot ham takr qilingan narsaga yarasha bo‘ladi. Allohning nazdida kufr eng kechirilmas gunoh bo‘lgani uchun uni tark qilib iymon keltirganga eng oliy mukofot barcha gunohlardan pok bo‘lish beriladi. عن عبد الله بن مسعود قال : قال رسول الله - صلى الله عليه وسلم - : " النظرة سهم مسموم من سهام إبليس ، من تركها من مخافتي أبدلته إيمانا يجد له حلاوته في قلبه " . رواه الطبراني Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Robbisi tarafidan hikoya qilib “(nomahram) qarash shaytonning zaharli o‘qlaridan bir o‘qidir. Kim mendan qo‘rqqanligi uchun uni tark etsa uning o‘rniga qalbida halovatini topadigan iymonni beraman dedi” deganlar. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 23:07 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar