Rasm chizishni man qilish
Bir qiz kiyim dizayni yo‘nalishida o‘qiydi. Uning o‘quv dasturida odam rasmini chizish bor ekan. Chizmasa o‘qishda muammo bo‘lar emish. Endi qiz tog‘asinikida turadi. Tog‘asi unga tegishli xadislarni ko‘rsatib, bu ish harom, katta gunoh ekanligini, farishtalar bunday uyga kirmasligini takror-takror ogohlantirdi. Foyda yo‘q, bu ishni endi yashirin qilib, rasmlarni uyga kiraverishda (zinada) saqlayabdi. Tog‘asi uning o‘qishini pulini qisman to‘laydi va bundan keyin to‘liq to‘lab borishni bo‘yniga olgan. Bu holatda nima qilish kerak? Qattiq gapiray desa jiyani, ketib qolishi mumkin. Gapirmay desa, harom ishda bardavom bo‘lyapti. Shundan kelib chiqib: “Yo bu ishingni to‘xtat, yo o‘qishingni pulini to‘lamayman” deyish kerakmi? Juda noqulay holat. Bilib turib to‘lasa tog‘asi ham yo‘l ochib bergan qishi sifatida gunohkor bo‘lib qolmaydimi? Yoki to‘lab, targ‘ibni davom ettiraverish kerakmi? Xo‘p, shunchalik muammo bo‘lsa, imtixondan o‘ta olmaslik xavfi bo‘lsa – unday holatlarga alohida ruxsat bormi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qo‘rqitish uchun, to‘lamayman, desin. Boshqa vositalarni ham ishga solsin.
26 May 2022, 20:33 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qo‘rqitish uchun, to‘lamayman, desin. Boshqa vositalarni ham ishga solsin.
26 May 2022, 20:33 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar