Farz nomozida Fotiha surasi haqida

Assalomu alaykum! 8 yillik qazo namozlarim bor, AlhamduLillah har kuni qazo namozlarimni o‘qiyman deb niyat qildim. Bir tanishim farz namozlarida uchinchi va to‘rtinchi rakatlarida Fotiha surasini o‘qimasdan, ikkinchi rakatdan so‘ng turgandan keyin azgina turib (Fotiha surasini o‘qimasdan) rukuga ketsa bo‘ladi dedi. Bu narsa fiqhiy manbalarda keltirilgan ekan va mustahab amal ekan. Shu masalada oydinlik kiritib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sherigingiz aytgandek qilsa ham namoz ado bo‘ladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:03 | Savol-javoblar | 164 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar