Avvalgi savolga javob so‘rab
Assalomu alaykum! Avvalgi savolimda aktsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarning elektron savdosi xaqida so‘ragan edim. Siz tomoningizdan aynan qaysi kim qog‘oz ekanligi xaqida batafsil yozishim so‘ralgan javob keldi. Men shug‘ullanmoqchi bo‘lgan faoliyat shundan iboratki: Aktsiya (ingliz tilida - stosk) vositachi (broker) orqali sotib olinadi. Sotib olishda qat’iy belgilangan to‘lov to‘lanadi (1 donadan -100 dona aktsiyagacha 1.2$) Kerakli narxga ko‘tarilgandan keyin sotiladi (sotish vaqti aniq emas bazida bir necha minut asosan soat kun xafta oy). Sotishda xam yukqoridagidek to‘lov to‘lanadi. Ushbu aktsiyalar faqat elektron shaklda bo‘ladi. Shu faoliyat turi bilan shug‘ullanib daromad topsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aktsiya ikki qismga bo‘linadi. Oddiy aktsiya va imtiyozli aktsiya. Bizdagilar ko‘p qismi imtiyozli hisoblanadi. Ularning savdosi mutlaqo joiz emas. siz aktsiya savdosi bilan shug‘ullansangiz ularni o‘rganib chiqing. Vallohu a’lam!
10 May 2022, 19:39 | Savol-javoblar | 140 | Moliya va tijorat