Zikrini aytish mujburmi

Assalomu alaykum! "Lya ilyaxa illya-llaxu vaxdaxu lya sharika lyax, lyaxu-l-mulku va lyaxu-l-xamdu va xuva alya kuli shey’in kadir" zikrini Namoz vakti aytish mujburmi. Namozdan keyin, odatiy xolda aytsa boladimi. Shular xakida malumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo siz o‘zingiz yozgandek talaffuz qilsangiz noto‘g‘ri aytar ekansiz. Ozgina bir ilmi bor insonga o‘qib berib to‘g‘rilatib oling. Shu to‘g‘rilatib olishingiz ilm talab qilish va ulkan sharaf hisoblanadi. Uni aytish majburiy emas sunnat. وَلِمُسْلِمٍ: مَنْ سَبَّحَ اللهَ فِي دُبُرِ كُلِّ صَلَاةٍ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ، وَحَمِدَ اللهَ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ، وَكَبَّرَ اللهَ ثَلَاثًا وَثَلَاثِينَ، فَتْلِكَ تِسْعَةٌ وَتِسْعُونَ، وَقَالَ تَمَامَ الْمِائَةِ: لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ، لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ، وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ، غُفِرَتْ خَطَايَاهُ وَإِنْ كَانَتْ مِثْلَ زَبَدِ الْبَحْرِ Muslimning rivoyatida esa:
«Kim har namozdan keyin o‘ttiz uch marta Allohga tasbeh aytsa, o‘ttiz uch marta Allohga hamd aytsa, o‘ttiz uch marta «Allohu akbar», desa hammasi to‘qson to‘qqiz bo‘lur, yuztaning tamom bo‘lishiga: «La ilaaha illallohu vahdahu la shariyka lahu lahul mulku va lahul hamdu va huva ala kulli shay’in qodiyr»ni aytsa, uning gunohlari dengiz ko‘piklari kabi bo‘lsa ham, mag‘firat qilinur», deyilgan.
Sharh: 
Imom Muslimning rivoyatida kelgan zikrlarning avvali yoki oxirida «Oyatul Kursiy»ni qo‘shib o‘qishni so‘fiylar joriy qilganlar. Bu «so‘fiylar xatmi» deb nomlanadi. Bu nur ustiga nur, deyiladi. Chunki «Oyatul Kursiy» Qur’oni Karimdagi eng ulug‘ oyatdir. Ushbu xatmni qilish bizda ham joriy bo‘lib kelayotir. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

7 May 2022, 12:59 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar