Bu kafforatmi va agar

Assalomu alaykum! Ustozlar, men o‘zimcha bir nazr qilgan edim (agar shuni nazr deyish mumkin bo‘lsa). "Agar mana shu ishni qilsam (1) va o‘zimni-o‘zim jazolash uchun 3 kun ichida sadaqa qilmasam (2), kafforat to‘layman", - deb. Menda (1) shart bajarildi, lekin (2) shartni 3 kun o‘tib esdan chiqarib qo‘yibman. Endi men kafforatni ado qilamanmi? Agar shunday bo‘lsa, zamonamizda miskinlar bormi? Yoki 60 kun paydar-pay ro‘za tutishdan boshqa iloji yo‘qmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Zakot va qurbonlikka qodir bo‘lmaganlardan 10tasini topib ikki mahal toamlantirishingiz yoki bir odamni 10 kun taomlantirishingiz kafforat hisoblanadi. Birdaniga bir kishiga 10 kunlikeyini bersangiz bir kunlikka o‘tadi. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 21:07 | Savol-javoblar | 143 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar