Jannat onalar oyog‘i ostidami?

Assalomu alaykum! Mening onam 47 yoshlarida vafot etdi, onam namoz o‘qimagan, lekin yolg‘iz uzi men va akamni xalol yo‘l bilan katta qilgan, men yaqinda namoz o‘qishni boshladim va qo‘rqyapman. Do‘zax xaqidagi domlalarning gaplarini eshitsam yoki video ko‘rsam onam xaqida o‘ylab siqilib ketaman, tunlari uxlolmayman nima qilay, nima qilsam Onamni jannatiy qilaolaman, nima qilsam Alloh onamdan rozi bo‘lib gunoxlarini kechiradi, nima kilsam Onamga ko‘p ko‘p savob boradi, nima qilay iltimos menga o‘rgating ayting? Namozimda Allohdan onamga jannatni ato etishini so‘rayman doim, InshaAlloh bu duolarim ijobat bo‘lishiga ishonaman, faqat namoz jannat kaliti deyishadi, Jannat onalar oyog‘i ostida degan gap rostmi? Meni bu savollar juda qiynayapti, nima qilsam Onamga Jannatda bo‘lishiga yordam qilgan bo‘laman?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ha, bu gaplar “Jannatning kaliti namoz, namozning kaliti tahorat” va “Jannat onalarning oyog‘i ostida” degan hadisi shariflar asosida aytilgan gaplar. Imkoningiz bo‘lsa onangizni qoldirgan farz namoz va ro‘zalarining fidyasini bering. Vallohu a’lam! Namoz va ro‘zaning fidyasi qancha va qanday berilishi haqida quyidagi javobdan o‘qib olishingiz mumkin:https://savollar.islom.uz/s/137374 

7 May 2022, 13:42 | Savol-javoblar | 160 | Ruhiy tarbiya
|
Boshqa savol-javoblar