Ilmi bilan kibrlanish
Assalamu alaykum! Shariat bilimlarini bilishi, Qur’oni Karimni yodlaganligi yoki chiroyli o‘qishi bilan yoki umuman ilmi tufayli kibrlanish qanchalik noto‘g‘ri? Diniy bilimlarni bilgan inson kamtar, viqorli va hushmuomala bo‘lishi va bu borada qolganlarga o‘rnak bo‘lishi kerak emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Albatta ilm va ibodat tengi yo‘q narsalardir. Alloh taolo buni nasib qilganiga inson qanchalar shukr qilsa oz. Albatta bu oxiratda saodatga erishishga dalolatdir. Lekin inson boshqalardan afzallikni da’vo qilmasligi kerak. Mashoyixlarimiz : Olim odam qolganlar foydalanishi uchun o‘zining olimligini, qori odam esa o‘zining qoriligini izhor qilish kibrga kirmaydi. Faqat o‘zini boshqalardan afzal deb bilmasligi kerak – deganlar. Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 21:18 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar