Ribodan qutulish

Assalomu alaykum! Men Buyuk Britaniyadaman va beixtiyor bu erdagi banklar xizmatidan foydalanamiz, bazi banklar kartada pulingiz tursa unga foiz qo‘shib berishadi. 1. Shu foizni miqdori aniq bo‘lsa uni chiqarib yuborsa (exson qilinsa) qolgani ribodan xoli xisoblanadimi? 2. Bazi kompaniyalar xizmatidan foydalanib, orada texnik nosozlik tufayli pulini echib olinsayu xizmat ko‘rsatilmadi, buni kompaniyaga xabar berdim (aynan qaysi xizmatligi xam aytdim misol uchun #7) ular oldingi xizmat ko‘rsatilgan mablag‘larni xam qaytarib berdilar. Yani 7ta oldingi xizmatni pullarini xam. Agar ular bilib qaytarsalar bu pul halolmi? Chunki men faqat 7-xizmatni pulini so‘radim, ular barcha xizmatni pulini qaytarishdi. Buni bilib turib qilmadim va ataylab qilish niyatim yo‘q.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ha.2). Siz ularni shunday qilishga (ko‘rsatilgan xizmatlarning pulini ham qaytarish) majburlamagan bo‘lsangiz halol. Vallohu a’lam!

6 Oktabr 2022, 15:04 | Savol-javoblar | 125 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar