Instrumentlar xaqida

Assalomu alaykum! 1. Bizni ishxonada asbob-uskunalar(instrumentlar)ni ro‘yxatga olish jarayoni ketmokda edi. Shunda ustamiz(masterimiz) 10 tacha kichik asboblarni “ro‘yxatga kiritish shartmas, uylaringga olib ketaveringlar. Bular oldingi uchastkamizdan olib kelingan, muddatiyam o‘tib ketgan”, deb uyga bervordilar. Aslida ham yangi asboblar bizga etarlicha berilgan. Bu eskilarni umuman ishlatmaymiz. Faqat ortiqcha joy olib yotadi. Yuqorida aytilganlar ortiqcha, ham eskirgan. Ularni shu korxonada boshqa uchastkada ishlaganimizda berilgan. Shularni uyga olib ketib ishlatishimiz mumkinmi? 2. Shu ishxonamizda eskirgan va boshqa bizda qo‘llanilmaydigan, lekin ma’lum bir miqdorda quvvati bor akkumulyatorlarni yaroqsiz(utilizatsiya)ga topshiramiz. Ustadan so‘rab mana shunday akkumulyatorlardan 5 tasini uyga olib ketib ishlatsak bo‘ladimi? Shu ish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! U kimning mulki bo‘lsa o‘sha berishga haqli bo‘ladi. Mabodo chiqindiga tashlanishga hukm qilingan bo‘lsa uni olib ishlatish mumkin. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 13:53 | Savol-javoblar | 148 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar