Qay qilsa ro‘za buziladimi?
Assalomu alaykum! Ko‘ngil bexuzur bo‘lib (ko‘ngil aynisa ) va qay qilib yuborsa ro‘za buzuladimi? Qastdan : og‘izga qo‘l tiqib, qorinni bosib, yoki ko‘ngilni aynitadigan narsalarga qarab qay qilib yuborsa ro‘zasi buzuladi degan joyini o‘qigan edim. Shu haqidayam agar iloji bo‘lsa ma’lumot bersangiz lar. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! SAVOL: Qusish ro‘zani ochadimi?JAVOB: Qasdan qay qilmasa og‘iz to‘ldiradimi yoki yo‘qmi ro‘za ochilmaydi. Agar qasddan, o‘z ixtiyori bilan qay qilsayu, og‘iz to‘la bo‘lsa ro‘za ochiladi, og‘iz to‘la bo‘lmasa ochilmaydi. Qusib qusug‘ini qasddan ichkariga yutib yuborsa, oz bo‘ladimi, ko‘p bo‘ladimi ro‘zasi ochiladi. Taom og‘ziga kelib, so‘ng beixtiyor qaytib ketsa ro‘za ochilmaydi. إذَا قَاءَ أَوْ اسْتِقَاءَ مِلْءَ الْفَمِ أَوْ دُونَهُ عَادَ بِنَفْسِهِ أَوْ أَعَادَ أَوْ خَرَجَ فَلَا فِطْرَ عَلَى الْأَصَحِّ إلَّا فِي الْإِعَادَةِ وَالِاسْتِقَاءِ بِشَرْطِ مِلْءِ الْفَمِ Agar beixtiyor qussa yoki qasddan og‘iz to‘la yoki ozroq qussa, qusuq o‘zi ichkariga qaytib ketsa yo qaytarsa, yo tashqariga chiqsa, sahih qavlga binoan qusuq ko‘p bo‘lsin yo oz ichkariga qaytarib yutib yuborsa, og‘zini to‘ldirib qasddan qussa ro‘za ochiladi. (Boshqa suratlarda ro‘za ochilmaydi) Fatavoi Hindiya. Vallohu a’lam! https://fiqh.uz/maqola/788
30 Aprel 2022, 13:40 | Savol-javoblar | 159 | Ro‘za