Kelinoyimga muomala

Assalomu alaykum! Ustoz maslaxatingiz juda zarur qayinuka va akalar akasining ayoliga umuman gapirishga xaqqi yo‘q degan fatvoingizni o‘qibqoldim. Shunga anchadan buyon kelinoyim bilan gaplashmay qo‘ydim. Ba’zida gapirsalar yumshoq javob bera olmadim ba’zida qo‘pol gapirib xam yuboryabman bilmay buni onam ko‘rib ranjimoqdalar akang xam eshitsa xafa bo‘ladi deyabtilar. Nimani maslaxat berasizlar qanday yo‘l tutay qanday muomala qilay? Shunga o‘xshash qanday qaytariq va ijozalar bor kelin bilan qayinlar o‘rtasida o‘uni aytib bersangiz iltimos. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Begona ayol biror ishi tushganida qanday suhbatlashsangiz shunday suhbatlashishingiz mumkin. Odatda qo‘shnini xotini bilan uzoq suhbatlashmaysiz, yolg‘iz biror joyda qolmaysiz. Mashinangizga solib uyoq bu yoqqa olib bormaysiz. Zarurat yuzasidan gapiradiganingizni gapirasiz boshqa ishga o‘tmaysiz. Qo‘pollik qilmang. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 14:15 | Savol-javoblar | 163 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar