Idda xaqida

Assalomu alaykum! Biz yosh oilamiz. O‘tgan yili turmush o‘rtog‘im bilan tortishib qoldik. Men shunda uyimga ketaman deb aytdim va achchiq ustida “ketsang katta ko‘cha” deb yubordi. Qaynonam vaziyatni bilgach shu kuni bizga qayta nikox o‘qittirdi. Men Qur’oni karimning o‘zbekcha tafsirida taloq tushgach 3 xayz vaqticha idda saqlash kerak degan joyni o‘qidim. Xozir biz gunoxkormizmi, axir men idda saqlamadimku? Endi nima qilish kerak? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Iddani qaytib yashamaydigan bo‘lsa o‘tiriladi. Sizlar birga yashab ketibsizlar idda shart emas. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 14:48 | Savol-javoblar | 164 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar