Savobi o‘n barobar qilib yozilishi
Assalomu alaykum! Hadislarda keltiriladi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga 1 salovat aytilsa u nomai amoliga 10 ta bo‘lib yozilarkan. Istig‘for va boshqa zikrlar ham shu qadar ko‘paytrilb yoziladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu narsa ixlosga bog‘liq. Alloh taolo "Baqara" surasida marhamat qiladi: مَّثَلُ الَّذِينَ يُنفِقُونَ أَمْوَالَهُمْ فِي سَبِيلِ اللّهِ كَمَثَلِ حَبَّةٍ أَنبَتَتْ سَبْعَ سَنَابِلَ فِي كُلِّ سُنبُلَةٍ مِّئَةُ حَبَّةٍ وَاللّهُ يُضَاعِفُ لِمَن يَشَاء وَاللّهُ وَاسِعٌ عَلِيمٌ 261. Mollarini Allohning yo‘lida sarflaydiganlarning misoli xuddi har boshoqda yuztadan doni bor, etti boshoqni o‘stirib chiqaradigan bir dona donga o‘xshaydir. Va Alloh O‘zi xohlagan kishisiga yanada ko‘paytirib beradir. Va Alloh qamrovi kengdir, o‘ta biluvchidir. عَنْ أَبِي سَعِيدٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ بَيْنَ خَالِدِ بْنِ الْوَلِيدِ وَبَيْنَ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ عَوْفٍ شَيْءٌ، فَسَبَّهُ خَالِدٌ فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: لَا تَسُبُّوا أَحَدًا مِنْ أَصْحَابِي، فَإِنَّ أَحَدَكُمْ لَوْ أَنْفَقَ مِثْلَ أُحُدٍ ذَهَبًا مَا أَدْرَكَ مُدَّ أَحَدِهِمْ وَلَا نَصِيفَهُ. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ. وَلِلتِّرْمِذِيِّ: إِذَا رَأَيْتُمُ الَّذِينَ يَسُبُّونَ أَصْحَابِي فَقُولُوا لَعْنَةُ اللهِ عَلَى شَرِّكُمْ Abu Sa’iyd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Xolid ibn Valid bilan Abdurrahmon ibn Avfning o‘rtasida bir gap o‘tgan edi. Bas, Xolid uni so‘kdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Sahobalarimdan birortasini ham so‘kmanglar! Sizlardan biringiz Uhud mislicha oltin nafaqa qilsa ham, ulardan birining muddicha yoki yarim muddichasiga eta olmas», dedilar».
To‘rtovlari rivoyat qilganlar.
Termiziyning rivoyati:
«Qachon sahobalarimni so‘kayotganlarni ko‘r¬sangiz, «Sizning sharringizga Allohning la’nati bo‘lsin», denglar», dedilar».
Sharh: «Mudd» – og‘irlik o‘lchovi.
Ushbu hadisi sharifdan bir necha xulosalar kelib chiqadi:
1. Sahobai kiromlarni mutlaqo so‘kib bo‘lmasligi.
2. Sahobai kiromlarning qilgan amallari, jumladan, sadaqalarining savobi ham ko‘p martaga ziyoda qilib berilishi.
3. Sahobai kiromlarni so‘kish sharr – yomonlik ekanligi.
4. Sahobai kiromlarning so‘kilayotganiga guvoh bo‘lib qolgan kishi u zotlarni himoya qilmog‘i lozimligi.
5. Sahobai kiromlarni so‘kkan odamlarga: «Sizning sharringizga Allohning la’nati bo‘lsin», deyish lozimligi.
Yuqorida o‘rgangan oyati karimalar va hadisi shariflar sahobai kiromlarning fazllari qanchalik ulug‘ ekanligini, ularni ehtirom qilish va e’zozlash lozimligini ko‘rsatadi. Biz, musulmonlar bu ishni ixlos bilan bajarmog‘imiz lozim. Shu bilan birga, o‘zimiz bu ulug‘ insonlarning hech birlarini so‘kishga jur’at qilmasligimiz, ba’zi bir ushbu nobakorlikni qiladiganlar chiqib qolgudek bo‘lsa, ularni bu ishdan qaytarishimiz kerak bo‘ladi.
Endi sahobai kiromlar haqida asar bo‘lib qolgan ba’zi bir fikrlarni ham o‘rganaylik.
Abu Nu’aym «Hilyatul avliyo»da Abdulloh ibn Mas’udning quyidagi gaplarini keltiradi:
«Alloh taolo bandalarining qalblariga nazar solib, Muhammad sollallohu alayhi vasallamni ixtiyor qildi va u zotni O‘z risolasi ila yuborib, O‘z ilmi ila tanlab oldi. So‘ngra u zotdan keyingi odamlarning qalblariga nazar soldi va u zotning sahobalarini tanlab oldi. Bas, ularni O‘z dinining yordamchilari va Nabiysining vazirlari qildi».
Abu Nu’aym Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
«Kim birovning sunnatini oladigan bo‘lsa, vafot etgan kishining sunnatini olsin. Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sahobalari ushbu ummatning eng qalbi yaxshilari, eng ilmi chuqurlari va eng takallufi ozlari edilar. Ular Alloh taolo tomonidan U Zotning Nabiysiga sahoba bo‘lish uchun va U Zotning dinini naql qilish uchun tanlab olingan qavm edilar. Bas, ularning axloqlari va tutgan yo‘llariga o‘xshashga urining¬lar. Ka’baning Robbisi bo‘lgan Alloh ila qasamki, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sahobalari mustaqim hidoyatda edilar».
Sahobai kiromlarni ehtirom qilish va ularga nisbatan beodoblik qilmaslik haqidagi shuncha ta’limotlarga qaramasdan, keyinchalik ba’zi bir tomonlar u buyuk zotlarga nisbatan beodoblik qilishga o‘tdilar. Orada ko‘plab tortishuvlar bo‘ldi. Nihoyat, «Ahli Sunna va jamoa» aqiydaviy mazhabining ulamolari sahobai kiromlarga nisbatan mo‘min musulmonlar qanday munosabatda bo‘lishlari kerakligi haqidagi gaplarni aqiyda kitoblariga bitib qo‘ydilar.
Quyida namuna tariqasida sahobai kirom haqida «Talxiysi sharhi aqoidi Tohaviya» kitobida keltirilgan matndan parcha keltiramiz. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
7 May 2022, 14:15 | Savol-javoblar | 146 | Islam