Arxeolog bo‘lmoqchiman

Assalomu alaykum! Men arxeologiya faniga qiziqaman kelajakda arxeolog bo‘lmoqchiman. Buning uchun men tarix fanini ko‘p o‘qiyapman va shuni bildimki qadimda odamlar har hil yasama hudolarga ishonishgan. Agar men arxeolog bo‘lsam shular haqida ko‘p gapirishimga to‘g‘ri keladi. Bu musulmon kishiga to‘g‘ri keladigan kasbmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha gaplarni tanqid ma’nosida gapirib, Islom kelib ular botil bo‘ldi degan aqiydada sobit tursangiz o‘rganishingiz joiz. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 14:37 | Savol-javoblar | 149 | Ta’lim va muta’allim
|
Boshqa savol-javoblar