O‘rtada turib pul olish
Assalomu alaykum! Men bugun telegram kanalilarda bir odamni o‘rtada turip pul olganman dep yozgan savolini o‘qip o‘zimda ham huddi shunga o‘hshash bo‘lgan masalaning hukmi so‘ramoqchiman. Bir odam men va yana bir tanishimga bir masalada yordam qilgan. Usha ishni qilip bergani uchun men 400-500$larga sovga hadya qilganman (usha aytgan ishni qilishdan oldin tanishimi akasi bilan keliship qilganman. Lekin ish ukasiga tegishli ish edi, pulini ham akasi to‘lagan). Ish bitgandan kein akasi boshqa rashodlar yoqmi dip so‘raganda o‘rtadegi odamga 500$lik sovga qilganman dep aytganman. Akasi 500$ bergandi menga. Hullas, pulni olip ketayotganimda o‘rtog‘im bilan birga edim va u menga:- “Usha puldan o‘zin yugurip, ishni tashkillashtirganin uchun olib qolmaysanmi?”-degan edi. Men:-“yoq olmayman, keragi yoq“-diganimda, u :- “ishni qoidasi shu, hamma shunaqa qiladi“-deb aytkandi. Hullas, nima bosayam usha puldan 100$ ozimga olip 400$ o‘rtadagi odamga bergandim. O‘rtadagi odam mendan pul talab qilmagan, shunchaki ozim sherigimdan olip oborip berganman. Lekin o‘rtada 100$ ni olip qolganman. Usha 100$ menga halolmi? Harom bo‘lsa usha o‘rtadagi turgan kishiga qaytarib berishim kerakmi? (Sherigimi akasi 500$ men berganman diganim uchun u ham menga 500$ bergan, tabiiyki u ham meni 500$ni oborip berdi dep o‘ylagan bo‘lishi kerak, lekin men 400$ berganman). Uzr javobni aniqroq olish uchun ko‘proq yozdim. Alloh qilyatgan ishilarga ko‘plab ajru savoblar bersin! Rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda kim qaysi vazifaga tayinlanib uni oyligini olsa o‘sha vazifasini bajargani uchun oylikdan tashqarisini olishi joiz emas. عَنْ أَبِي حُمَيْدٍ السَّاعِدِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ: اسْتَعْمَلَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ابْنَ اللُّتْبِيَّةِ - رَجُلًا مِنَ الْأَزْدِ - عَلَى الصَّدَقَةِ، فَجَاءَ بِالْمَالِ، فَدَفَعَهُ إِلَى النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ، فَقَالَ: هَذَا مَالُكُمْ، وَهَذِهِ هَدِيَّةٌ أُهْدِيَتْ لِي، فَقَالَ لَهُ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَفَلَا قَعَدْتَ فِي بَيْتِ أَبِيكَ وَأُمِّكَ فَتَنْظُرَ أَيُهْدَى إِلَيْكَ أَمْ لَا؟»، ثُمَّ قَامَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ خَطِيبًا، ثُمَّ ذَكَرَ نَحْوَ حَدِيثِ سُفْيَانَ Abu Humayd So’idiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Azd qabilasidan Ibn Lutbiyya degan kishini zakotga omil qilib tayinladilar. U (to‘plangan) molni keltirib, uni Nabiy sollallohu alayhi vasallamga topshirdi-da: «Bu sizlarning molingiz, bu esa menga sovg‘a qilingan hadya», dedi. Shunda Nabiy sollallohu alayhi vasallam unga «Ota-onangning uyida o‘tirmabsan-da, senga hadya qilinadimi yo yo‘qmi, ko‘rar eding!» dedilar. So‘ng Nabiy sollallohu alayhi vasallam turib, xutba qildilar».
Shuning uchun qozi hukm chiqargani uchun, muftiy fatvo aytgani uchun oylik olsa odamlardan hukm chiqargani yoki fatvo aytgani uchun oyligidan tashqari qo‘shimcha haq olishi joiz emas. Kimlardir rahmi kelganidan “choychaqa” deb bergani bundan mustasno. Chunki bu kabi choychaqa odatda xizmati uchun berilmaydi. Siz mutlaqo noto‘g‘ri ish qilgansiz. Kimdan olgan bo‘lsangiz o‘shanga bering. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 07:09 | Savol-javoblar | 154 | Moliya va tijorat