Qanday qilib ota-onamni hijobimga ko‘ndirishim mumkun

Assalomu alaykum! Alloh qalbimga iliqlik kiritib yoshligimdan o‘zim nomoz o‘qishni o‘rgandim. Ramazon ro‘zalarini yana muqaddas kunlarda tutuladigan ro‘zalarni qo‘limdan kelgancha tutaman. Anchadan yana ko‘ynimga iliqlik kirib hijobga kirish niyati tug‘ildi. Ota otam juda ziyoli yaxshi tarbiya ko‘rishgan, juda mehribon qo‘li ochiq insonlar, lekin meni hijobga kirishimga rozi bo‘lishmayabti, sababi ota-onamni davlat ishida ishlashi ekan. Bizga to‘g‘ri kelmas ekan, yana bir onajonim xam davlat ishida ishlagani uchun ularga hijob o‘rash mumkun emas, shu sababli onajonim hijob o‘ramaganligi uchun men o‘rasam bo‘lmas ekan. Iltimos menga yordam beringlar qanday qilib ota onamni hijobga kirishimga ko‘ndirishim mumkun?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hijob deb maxsus qora yoki boshqa rangli maxsus tikilgan kiyimga mahkam turib olmasdan nima bilan bo‘lsa ham avratlaringizni to‘sing. Kiyimda ikki shart bo‘ladi. Biri ichi ko‘rinadigan darajada shaffof bo‘lmasligi ikkinchisi a’zolarni bo‘rtib ko‘rinadigan darajada tor bo‘lmasligi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 15:21 | Savol-javoblar | 163 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar