Qur’onni ham suvora (suvoriy) uslubida qiroat qilish

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Ko‘p yillar oldin bir inson bilan uchrashib qolgan edim. U shunday ma’lumot beruvdi: “Qadimda Xorazm diyorida Qur’oni karimni suvoriy (hozirgi xorazm suvorasi) uslubida qiroat qilishgan. Turkiyaga borganimda, bir masjidda bo‘lgan edim va ular qiroat qilib bo‘lishgach, men ushbu gapni aytgan edim, turklar ham aytdiki, bir zamonlar bizda ham shunday qiroat mavjud bo‘lgan, deb”. (u insonni gapi tugadi). Shunday deya turib, u “Ixlos” surasini suvoriy (jumladan, Xorazm seygohi, Feruz 1 Feruz 2) ohangida qiroat qilib berdi. Lekin, unday uslubdagi qiroatda suvoralardagi kabi avjiga chiqish yo‘q. Ya’ni bir maromda, bir ohangda qiroat qilinar ekan. Keyin, men u odamni uchrata olmadim. Ancha bo‘ldi. O‘sha payti manbasini ham so‘ramagan ekanman. Savolim shuki, sizda yoki sizning ilm ahli tanishlaringizda shunday ma’lumot yo‘qmi, ya’ni bir zamonlar Qur’onni ham suvora (suvoriy) uslubida qiroat qilishganligi haqida.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Yo‘q.

26 May 2022, 19:53 | Savol-javoblar | 185 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar