Zakotni qayni singilga bersa bo‘ladimi

Assalomu alaykum! Men ayol kishiman, singlimni turmushi bo‘lmay ajrashdi, 2 nafar qiz farzandi bor. Hozir qizlar singlim bilan birga, ota xabar olmaydi, alimentga bergandi to‘lamayapti, singlim bolalarini tashlagini odam yo‘q shunga ishlolmayapti. Meni turmush o‘rtog‘im zakot chiqaradi. Shu zakotni singlimga bersam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘ladi. Nisobga etgan tillolari va pullari bo‘lmasa olishi joiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:25 | Savol-javoblar | 152 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar