Jin dou
Assalomu alaykum! Men yaqinda juda xam mazam bo‘lmay yotib qoldim. Duxtirlar kasalimni topa olishmadi, meni uyimdagilar eshonlarga olib borib o‘qitishdi. Shunda bir mulla bu qizni ichiga jin kirgan dedi. Keyin tanishlarimizni gapi bilan bir ayolga jin duoni oldirgani bordik. U ayol qo‘lini og‘zimga tiqib bir nimalarni olib chiqdi. Seni 7ta duoying bor ekan dedi. Shundan keyin ancha yaxshi bo‘lib ketdim. Sizlardan iltimos ba’zi bir joyda o‘qib qoldim, folbinlarga borganlarni Alloh la’natlarkan. Men borgan joy xam xuddi shundaymi? O‘zi jin duo degani nima xaqiqatdan bor narsami yoki uydirmami?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shunaqa ahmoqgarchilik va afsonalar ham bo‘lib turadi. Alloh taolo Qur’oni karimda oyat nozil qilgan bo‘lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ulardan bu kabi holatda qanday qutilish kerakligi haqida ta’lim bergan bo‘lsalar nega undaylarga borishi kerak. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 16:27 | Savol-javoblar | 152 | Turli savollar