Yaratilish haqida
Assalomu alaykum! Qirg‘izistonlik Abdulloh domlani maruzasida butun borliq yaratilishi haqida quyidagi ma’lumotlarni eshitdim va menda paydo bo‘lgan savollarga izlash xizmatidan javob topaolmadim. Maruzada aytilishicha Alloh taolo borliqni yaratishdan oldin yolg‘iz O‘zi bo‘lgan va butun borliq bo‘shliq bo‘lgan va eng avval suvning ustida bo‘lgan arshni yaratgan va qalamni yaratgan keyin unga yoz degan. Va olti kunda olamni yaratgan yaratilish shanba kunidan boshlangan va juma kuni asrdan keyin Odam atoni yaratish bilan yakunlangan. Jinlar esa bundan 2000 yil muqaddam erda yashagan va fisqu fasodlari uchun Alloh ularni er yuzidan tozaladi deyiladi maruzada. Savol Alloh butun eru-samoni, koinotni 6 kunda yaratgan bo‘lsa qanday qilib jinlar Odam atodan 2000 yil oldin yashagan? Axir hamma narsa birdaniga 6 kunda yaratilmaganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avval olti kunda eru-osmon, tog‘lar yaratilib tugab bitgan. Er yuziga jinlar joylashtirilgan. Keyin Odam alayhissalomni juma kunida yaratilgan. Yaratilish kunlaridagi olti kunning ichidaga juma kunidan boshqa juma kunida. Alloh taolo "Hijr" surasida marhamat qiladi: وَالْجَآنَّ خَلَقْنَاهُ مِن قَبْلُ مِن نَّارِ السَّمُومِ 27. Va jinlarni bundan oldin samum o‘tidan yaratdik. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 01:50 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar