Singilga zakot

Assalomu alaykum! 1 savolim: Singlimga zakot bersam bo‘ladimi? Turmushga chiqqan. Erining xam o‘zining xam nisobga etgan puli yo‘q. Eri kira qilib pul topadi singlim xam bog‘chadi ishlaydi. Moshinasini 50% pulini bankka to‘lab olishgan. Qolgan 50% kreditda bankdan qarz. Xar oy 2 yarim miliondan to‘lashadi. 2. Arendaga moshina berganman. Umumiy qiymati 11000 $. O‘tgan yili bu pullardan zakot ajratganman. Qaytargan yarim puli nisobga etgan, lekin 1 yilga to‘lmadi. Zakot ajratamanmi yarmini bergan pulimdan? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Singlingizga bersangiz bo‘ladi. Foizga mashina olganlar baribir ko‘karishmaydi. Haloldan ish tutishlariga yo‘l ko‘rsating. 2). Ajratasiz. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 16:49 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar