Rus tilidagi kitoblaringiz haqida

Alhamdulillah, vassolatu vassalamu ala Rosulillah sollallohu alayhi vasallam.Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh, muhtaram ustoz.Ustoz, sizning qalamingizga mansub kitoblardan rus tiliga tarjima qilinganlarining barchasi internetdagi turli rusiyzabon saytlarda hech qanday to‘lovsiz tarqatilayotganining guvohi bo‘ldim. Sizga mazkur saytlardan ba’zilarining manzilini keltiraman, chunki bunday saytlar juda ko‘p: https://mirknig.’om/knigi/religiya/1181360304-iyman-islam-kuran.html , https://eknigi.org/religija/1

38-ijman-islam-kuran.html , https://www.turklib.ru/?’ategory=general_history-religion&altname=iiman_islam_kuran . O‘zim bu kabi "manba"lardan foylalanmasamda, sizning bu holatdan xabardor qilishni lozim topdim, toki o‘zingiz bularga nisbatan biror chora ko‘rsangiz.Allohdan sizga ikki dunyo saodatini tilab, g‘oyibona shogirdingiz Dilshod.


Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizga tashakkur.

7 May 2022, 16:49 | Savol-javoblar | 196 | Kitoblar
|
Boshqa savol-javoblar