Oilani alohida qilish

Assalomu alaykum! Misol uchun 1 oilada 3 o‘g‘il 2tasi uylangan (sog‘ bolishsin) ota-onasi yashashadi. Katta o‘g‘il katta lavozimda ishlaydi 2 o‘g‘li bor lekin ota uyini asosiy xarajatini kutaradi. Shu sababdan alohida uy qilimagan va alohida uy qilaman desa ota-onasini ranjitib qo‘yishdan qo‘rqadi. Lekin uy 3 xonali. 1 xonada 2- o‘g‘il xotini va bolasi bilan yashaydi. 1 xonada katta o‘g‘il xotini va 2 o‘g‘il [bir yosh va 3 yosh] bilan yashaydi. 1 xonada ota-ona va kichik o‘g‘il yashaydi. Katta o‘g‘il turgan xonada kompyutr bor. Kichik o‘g‘il kun buti koptutrda ishlaydi. Katta o‘g‘ilni xotini og‘ir-bosiq erini aytganida yuradi[shukur]. Lekin onasini katta kelindan kungli to‘lmaydi. Yaqinda ham katta kelin otasinikiga yotib keldi. Albatta katta o‘g‘il uyda kam bo‘ladi. Katta kelin kelganda kichig o‘g‘lini issig‘i chiqqan. Onasi katta o‘g‘ilga xotining otasinikiga borib bolani kasal qildi deb shikoyat qiladi. Katta o‘g‘il onasiga bolada kasal bo‘ladi tuzaladi biz ham yoshligimizda rosa ko‘p kasal bo‘ardikku deb aytadi. Onasi esa bu gapni menga aytgincha xotiningga ayt bolaga yaxshilab qarasin deb kichig o‘g‘lini shaxarga qizinikiga olib ketadi. Agar yaxshi qaramasa kattasini ham olib ketishini aytadi. Bu vaziyatda jatta o‘g‘il nima qilsin. Bu ertakdek bo‘lib ketgan bo‘lsa uzr ammo bu vaziyatni to‘liq tushunishingiz uchun va batafsilroq javob berishga yordam berar degan umiddaman. Xozirda xotinim kiyim almashtirish uchun uydan odam chiqishini kutadi men uyda kam bo‘laman. Alohida chiqsam bo‘ladimi deb so‘rasa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alohida yashashga tayyorgarlikni ko‘rib turaversin. Ota-onaga bildirish shart emas. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 16:49 | Savol-javoblar | 149 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar