Otaga oq bo‘lish

Assalomu alaykum! Yoshim 29 da. Oilada Otam onam opam va men yashaymiz. Otam chernoblda katnashganlar 2-gurux nogroni, asablari judayam taranglar. Otam bilan onam ko‘p tortishib qolishardi va otam onamni ko‘z oldimda juda qattiq urardilar, men yoshligimdan shuni ko‘rib katta bo‘ldim. Ko‘p ajratar edim. Otam juda yaxshi inson lekin asabiylashganlarida boshqa odamga aylanadilar bu chernobldi tasiri deb o‘ylayman. 25 yoshimda otam onamni qattiq uryatgan payitida men o‘zim bilmagan xolatda ajrataman deb otamni yuzlariga bir marotaba qo‘l ko‘targanman va bundan judayam afsusdaman. Va otam jaxl ustida mendan ranjib duo qivoraman deb qarg‘aganlar. Xozir esa oilamiz tinch otam meni yaxshi ko‘radilar men xam otamni judayam yaxshi ko‘raman. Otam bilan munosabatimiz juda xam yaxshi. Xozir otam onamni urmaydilar. Savolim shuki men qilgan gunoximni to‘g‘irlasam bo‘ladimi, buning uchun nima qilishim kerak? Oq bo‘lgan bo‘lsam qanday qilib shu musibattan qutilsam bo‘ladi? Qanday qilsam Alloh gunoximni kechiradi va rozi bo‘ladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Otangiz xursand bo‘lsa bo‘ldi. O‘tgan ishni eslashga hech qanday hojat yo‘q. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 17:22 | Savol-javoblar | 155 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar