Onlayn bozor

Assalomu alaykum! Biz internet da onlayn oldi sotti ish kilamiz Xitoydan mol olib kelib butun Uzbekiston buyicha bazida esa kushni davlatlarga xam sotamiz kecha bir tanishim onlayn oldi sotti no joiz deb aytib koldi, bunga sabab xaridor molni asl jismini kurmay turib sotib olishi sen esa kursatmay sotishing dedi men molni rasm va videolarini kursatib sotamanku deb aytdim shunda xam bulmaydi dedi biz oladigan molimizni xam xuddi shunday onlayn tarzda sotib olamiz bazida mollarimiz tulik kelmay kolib xitoydagi sotuvchi korxonalar molni tulik yuborganman deb tan olishmay koladigan xolatlar xam bulgan lekin biz sotganimizda masalan Fargonada turib Xorazmga sotsak mijozga avval rasmi videosi va molni tulik ma’lumotlarini beramiz undan kegin mijoz rozi bulib tulik pulini tulagandan song biz unga molni yuboramiz (mollarni shartga kura kafolati xam buladi) iltimosim shu masalaga oydinlik kiritib bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mol o‘zingizni qo‘lingizda bo‘lsa internet orqali savdo qilishingiz joiz. Pulni o‘tkazgandan keyin etkazib berishni bo‘yningizga olishingiz shart. Mol xitoyda bo‘lsa, siz rasmlarini xariborlarga ko‘rsatib savdo qilmoqchi bo‘lsangiz “bu mol meni huzurimda emas, sizga shuncha pulga olib keltirib beraman” deb ochiq-oydin ayting. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 17:33 | Savol-javoblar | 164 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar