Paynet foizini mijozdan rozi qilib olish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Alloh qilayotgan ishlaringizni ajrini ortig‘i bilan bersin. Men 3901-savolni paynetda ishlovchi do‘stimga ko‘rsatib bu 5000 to‘lov ustiga 500 qo‘shimcha xaq olish xarom ekanligi xaqida aytsam, u paynetdan olinadigan foiz yo‘qligini, shuninig uchun mijozlardan foizi bilan aytib rozi qilib olayotganini aytdi. Iltimos shu masala bo‘yicha yana bir mukammalroq javob bersangiz. Bunga o‘xshab ishlayotgan birodarlarimiz xam tushunib ish qilishsa. Javob uchun oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Mukammal javobni bergandik. Doktorlar maoshim kam deb kasaldan olsa, GAI maoshim etmayapti deb xaydovchilardan olsa, bolalar pulini beruvchisi qog‘oz qalamimga etmayapti deb etimni haqqini ham olaversa, sotuvchilar boshlig‘im maoshimni kam beradi deb ustiga qo‘ib sotishsa, davlat mashinalarini xaydovchisi maoshi ozligidan ishdan tashqari vaqtdan davlat moshinasida tinmay kira qilsa, undan kattarog‘i harajatim ko‘p deb xalqdan yulib olsa, qachon isloh qilamiz o‘zimizni. Do‘stingizni xalqdan yulib qolayotgani ko‘ziga kichik ko‘rinayotgan bo‘lishi mumkin. Orzu-havaslarni biroz kamaytirilsa va hamma boriga shukur qilsa baraka ham bo‘ladi birovning haqqini ham eyilmaydi. Oxiratda ham bundan javobgar bo‘lishmaydi. Paynet bilan shartnoma qilib, ularga ishchi bo‘lganidan keyin nega xizmat haqini xalqdan oladi?! Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:18 | Savol-javoblar | 160 | Halol va harom