Allohga yoqadigan amallarga kiradimi?
Assalomu alaykum! Men chin ko‘nglimdan niyat qilganidim "Topgan daromadimni 10% Olloxim seniki o‘sha pullarni senga yoqadigon ishlargagina sarfliman" deganidim. Xar oy shunday qilishga xarakat qilib kelyapman, (etimlarga, kasal bolalarga) bu oygisini onamga bersam bu xam to‘g‘ri bo‘larmikin? Onam pensiyaga chiqqanlar, xozir bemor kampirga qarashga ishga chiqaman, puldan qiynaldik deyaptilar. Uyda 2 ta ukam bor, uylanishlari kerak lekin ular xam ishlashadi. Qolgan oyligimi to‘lig‘icha xo‘jeynimlaga beraman, ro‘zg‘orga ishlatiladi, oyligimi qolgan qismidan onam uchun xo‘jeynimladan so‘rab berishim to‘g‘rimi, yoki o‘sha ajratib qo‘yganimi bersam to‘g‘ri qilgan bo‘lamanmi? Noo‘rin joyga ishlatishdan qo‘rqaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta onangizga bersangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!
3 Sentabr 2022, 19:12 | Savol-javoblar | 129 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Albatta onangizga bersangiz bo‘ladi. Vallohu a’lam!
3 Sentabr 2022, 19:12 | Savol-javoblar | 129 | Turli savollar