Ayol bilan yaqinlik qilish kunlari

Assalomu alaykum! Men telegram orqali bir domlaning maruzasini eshitib qoldim, domlanining aytishicha er xotin shanba va seshanba kechasi yaqinlik qilib bo‘lmaydi dedi nabodo qilinsa o‘sha kuni ayol xomilador bo‘lsa farzand urushqoq qarimdosh urug‘chilikni uzadigan farzand bo‘ladi dedi va shunday yaqinlik qilib bo‘lmaydigan vaqtlarni keltirib o‘tdi. Peshindan keyin, xayit bo‘ladigan kecha, quyosh nurini tagida, tikka turib va shunga o‘xshash narsalarni aytdi. Shu gaplar qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ba’zi kitoblarda shu kabi gaplar yozilgan, lekin ular asli yo‘q gaplardir. Siz Ustozimiz rahimahullohning qalamlariga mansub "Baxtiyor oila" kitobini 143-betidan 155-betigacha yozilgan ma’lumotlarni o‘qing. Vallohu a’lam!

21 Aprel 2022, 16:36 | Savol-javoblar | 150 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar