Musulmonlar orasidagi holat

Assalomu alaykum! Sizlarga anchadan beri qiynab kelayotgan bir ahvol haqida bezovta qilmoqdaman. Ma’lumki bizning dinimiz tinchlik dini, yaxshilik dini, bag‘rikenglik dini. Lekin nimagadur hayotda, musulmonlar orasida buning aksini ko‘rmoqdamiz. Hattoki Ulug‘larimizga yaqin yurib ulardan ta’lim olganlarda ham shu narsani kuzatyapmiz. Nega musulmonlar apil-tapil namoz kiradi, hali ibodati qabul bo‘ldimi bo‘lmadi bilmaydi lekin boshqalarga aql o‘rgatadi, boshqalarni o‘zidan past sanaydi, nega uni qilish harom buni qilish harom deydi, soqol qo‘yadi, qo‘lidan tasbeh tushmaydiyu lekin sudxo‘rlik qiladi. Birov gunoh qilsa do‘zaxga hukm qilishgacham boradiyu, o‘zi gunoh qilsa Shaytonga ayb to‘nkaydi. Nega odamlarni aybini tirikligida gapirmaydi hattoki gapirishga qo‘rqadiyu, vafotidan keyin Ana o‘larkansanku deydi, mazax qiladi, vaholanki vafot qilgan inson ham kim bo‘lishidan qat’iy nazar musulmon bo‘lib chiqadi. Bu Rasulimiz alayhissalom bizga ta’lim bergan din emasku, bu Go‘zal Islom emasku, qaysi kitobda bor shu narsaki, Payg‘ambarimiz alayhissalom birovni o‘zlaridan past sanagan bo‘lsalar, hattoki jonlaridan o‘tkazib yuborgan kofir dushmanlarining o‘limidan keyin ular to‘g‘risida haqoratli, istexzoli gap gapirmaganlarku. Nega musulmonlar bunga ahamiyat bermaydilar hattoki ba’zi ilm ahllari ham bunga ahamiyat bermayaptilar. Buni qanday qilib to‘g‘rilashimiz mumkin, qanday qilib musulmonlarni birdam qilish mumkin, agar bir-birimizga shunday husumat qilaversak ertaga holimiz ne kechadi, Janobimiz alayhissalomning ko‘zlariga Qiyomatda qanday qaraymiz, Allohning qarshisida qanday turamiz, Faxrlanishni hohladilar Rasulimiz biz shu faxrga nima qilsak arziymiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alhamdulillah xalqimiz ichida Qur’on, hadis, fiqh ilmlari rivojlanib qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning asosiy vazifalaridan bo‘lgan tazkiya, ya’ni ruhiy tarbiya jihati oqsamoqda. Diyorimizda bu sohaning birorta ham etuk mutaxassisi yo‘q. Ilmi-ma’rifat eng rivojlangan davlatlarda har bir madrasa yoki tashkilotning shu kabi etuk ruhiy tarbiya ustozlari bor. qo‘l ostidagilar hammalari bir birlariga itoat qiladi. Ustozlar esa hamjihatlikda faoliyat olib borishadi. In shaa Alloh yurtimizda bu fanning ham mutaxassislari etishib chiqsalar hamjihatlik paydo bo‘ladi, har bir amal egasi amalini Allohning roziligi uchun qilishni boshlaydi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 20:50 | Savol-javoblar | 165 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar