Jazo so‘rash

Assalomu alaykum! Agar menga kimlardir tomonidan yomonlik bo‘lsa uni qarg‘ash gunoh, lekin Allohdan jazosini berishini so‘rash gunoh emasmi? Oldindan minnatdorchilik bildiraman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Mazlumning duosi ijobat bo‘ladi. Siz o‘sha fursatdan foydalanib birovlarni qarg‘amasdan o‘zingizni mag‘firat qilishini so‘rab oling. Qarg‘agandan ko‘ra o‘sha muhimroq. Sizni duoingiz ijobat bo‘lishiga sabab bo‘lganlarni nima qilasiz qarg‘ab?! Vallohu a’lam!

7 May 2022, 21:12 | Savol-javoblar | 137 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar