Xristian qo‘shni
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, yaqinda Toshkentga ko‘chib keldik. Xristian yoshi ancha katta qo‘shnim bor(ya’ni bir devor qo‘shnim xristian). Men u ayolga ko‘p marotaba pishirgan taomlarimdan berib turibman, qoshnilik haqqi deb. U ayol ham ko‘p marotaba uyiga choy ichishga taklif qiladi, yo‘q desam ham majbur olib kirib, choy va shunga o‘xshash narsalar beradi va bolalarimga ham shokolad, shirinliklar berib turadi. Bergan shirinliklari halolligini bilaman, lekin u ayol tomonidan berilgani uchun bizga xarom bo‘lib qolmaydimi? U ayol bilan shunday aloqa qilishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol narsa bo‘lsa olsangiz zarari yo‘q. U ayol bilan aloqa qilishingiz joiz bo‘lmay balki zarur hamdir. Vallohu a’lam!
7 May 2022, 21:12 | Savol-javoblar | 152 | Islam