Oydin kechalardagi ro‘za haqida hadis

Assalomu alaykum! Oydin kechalarda ro‘za tutish xaqida hadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bor. عَنِ مِلْحَانَ الْقَيْسِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: كَانَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَأْمُرُنَا أَنْ نَصُومَ الْبِيضَ ثَلَاثَ عَشَرَةَ وَأَرْبَعَ عَشَرَةَ وَخَمْسَ عَشَرَةَ، قَالَ وَقَالَ: هُنَّ كَهَيْئَةِ الدَّهْرِ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِ. وَلَفْظُ التِّرْمِذِيِّ: إِذَا صُمْتَ مِنَ الشَّهْرِ ثَلَاثَةَ أَيَّامٍ فَصُمْ ثَلَاثَ عَشَرَةَ وَأَرْبَعَ عَشَرَةَ وَخَمْسَ عَشَرَةَ  Milhon al-Qaysiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizlarga oqlarning o‘n uch, o‘n to‘rt va o‘n beshining ro‘zasini tutishni amr qilar edilar va: «Ular xuddi yil bo‘yiga o‘xshar», der edilar».
«Sunan» egalari rivoyat qilganlar.
Termiziyning lafzida:
«Agar bir oydan uch kun ro‘za tutsang, o‘n uch, o‘n to‘rt va o‘n beshni tut», deyilgan.
Sharh: Hadisi sharifning ma’nosini izohlashga hojat yo‘q. Uni hayotga tatbiq qilish lozim, xolos. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!

7 May 2022, 22:07 | Savol-javoblar | 174 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar