Odam yollab ishlatish

Assalomu alaykum! Ish beruvchi (zakazchik)dan ishni olib, ishni olishda ish hajmi bo‘yicha kelishib, odam yollagandan so‘ng, yollangan odamga ishni soatbay gaplashib topshirsa bo‘ladimi? Bunda ishning hajmidan tushadigan pul miqdori odam yollab ishlatilgandagi miqdoridan katta bo‘lsa, yollangan odam soatiga belgilangan bo‘lib men aytgan  qiymatga rozi bo‘lib ishlasa bo‘ladimi? Bunda yollangan odamga hajmiga kelishilgan mablaq miqdorini aytilmaydi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Modomiki ikki taraf shunga kelishilgan bo‘lsa, joiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:41 | Savol-javoblar | 163 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar