Sajdai sahv qilishni unutsa

Assalomu alaykum! 5245-savolga javobda sajdai sahvni qilishni unutgan bo‘lsa namozning vaqti chiqib ketmagan bo‘lsa, namozini qaytadan o‘qiladi deb javob bergan ekansizlar. Bizga ustozlarimiz "assahvu bissahvi ma’zurun" deb o‘rgatishgan edi. Ya’ni, esdan chiqarishlik esdan chiqarishlik bilan uzrlidir, bu bilan sajdai sahv qilishni unutgan odamning namozi namoz bo‘laveradi deb bilar edik.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatimizda “Farzning qazosi farz, vojibning qazosi vojib” degan qoida ham bor. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:17 | Savol-javoblar | 153 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar