wi-fi parolini buzib kirish

Assalomu alaykum! 4 yilcha oldin ilmim va iymonim zaifligi sababli qo‘shnimizning "wi-fi"ning parolini buzib kirib ishlatgandim. 2 yilcha davom etgan adashmasam. So‘ngra alhamdulillah Alloh hidoyat berib hammasini tushunib etdim va ishlatmaslikka, bu ish o‘g‘rilik ekanligini tushunib etdim. Ammo yaqinda "wi-fi"dan ishlatilgan megabaytlar pullarini to‘lashim, yo‘qsa qarz bo‘lib qolaman deb o‘ylab qoldim. Savolim shundan iboratki men pullarni konvertga solib, ichiga “rozi bo‘ling, ishlatgandim, endi afsusdaman” ma’nosidagi xat yozib eshigini tagiga qo‘yib ketsam, qarzimdan qutulgan bo‘lamanmi? Shunday yo‘l tutishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:47 | Savol-javoblar | 204 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar